Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Tasirli
Qizcha shiringina uyqudan baqir-chaqir ovozi sababli uyg'onib ketdi. Közlarini ishqalab kravatidan tushdi va ovoz kelayotgan tomonga yura boshladi. Uning ota-onasi har kungidek özaro janjallashishardi. Ular qizchaning uyg'onganligiga ham e'tibor berishmasdi. Ota-onasining janjalidan qo'rqib, bir chetda ularni kuzatib turgan tört yoshli qizcha yig'lab yubordi. Bir-birlarini turli odob doirasidan tashqarida bölgan so'zlar bilan haqorat qilayotgan er-xotin bolaga e'tibor berishmasdi: - Siz men uchun nima qilib qo'yibsizki, menga baqirasiz? - O'chir ovozingni shallaqi, iflos, bolangni olib yo'qol bu uydan. Menga sen ham, bolang ham kerakmas. - Nima dediz? Hali bolamni olib yo'qolaymi? Mayli, ketsam, o'zim ketaman! Bu uyga yolg'iz kelganmanmi, yolg'iz ketaman! Bola bitta meniki emas, tug'dirib qo'ydizmi, tak shto eplab boqing endi! Ayol shunday dedida jahl bilan xonasiga kirib ketdi. Xuddi shu taxlit ota ham tashqariga chiqib ketdi. Qizcha esa hamon yig'lardi. U endigina to'rt yosh bo'lsada, ota-onasiga kerak emasligini, ularga ortiqchalik qilayotganligini tushunib turardi. Chunki deyarli kun ora shunday janjallar yuz berardi. Qizaloq nima qilishni bilmas, u ham ko'chaga chiqib ketishni va uyga hech qachon qaytmaslikni istardi. Onasining yoniga kirmoqchi edi, yo'qol ko'zimdan degan javobni olgach nihoyat ko'chaga chiqdi. Qizaloq qayerga borishni bilmas, yagona biladigan joy narigi mahalladagi buvisining uyi edi. Qizcha buvisining uyi tomon ketarkan öylardi: "Buvim meni yaxshi ko'radi, meni haydamaydi, agar uydan ketib buvimni yonida yashasam, adam oyimni urmaydi, oyim ham boshqa yig'lamaydi. Men ularga yaxshi qiz bölolmadim..." Shu hayollar ichida ketayotgan qizaloq yonidan chiqib qolgan mashinani sezmay qoldi. Qizcha yöl chetida holsiz yotar, kichkina yuzlariga yosh aralash boshidan qon sizardi. Og'riq kuchli, qiz hatto ovozini chiqarib yig'lay olmasdi. Haydovchi mashinaga qattiq urilgan qizaloqni qöliga kötarib olarkan, qizcha unga qarab achchiq jilmaydi, qon sizib chiqayotgan kichkina lablari bilan sönggi marta pichirladi: "Rahmat amaki... Endi adam bilan oyim hech qachon urushishmaydi..
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Birinchi marta...
Yozdi: * ◄█▓▒░ ♦ XXXXXXXX♦ ░▒▓█► (10 Okt 2018, 09:45)
Ko'rilgan: 998
Reyting: 1
*1 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yozish uchun a'zo bo'ling yoki saytga kiring!
Xabar yo'q!
Bosh sahifa
Saytda: 64 | Foydalanuvchilar: 6557