Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Zebo
Zebo ota onasining alloxdan11 yil tilab olingan yakkayu yolg'iz farzandi edi. Ota onasi Shavkat aka va Zilola opa uni eru ko'kga ishonmay avaylab asrab, oq yuvib oq tarab katta qilishdi. Ota onasining bor mexr muxabbati tasirida u judayam chiroyli va aqlli qiz bo'lib voyaga yetdi. Maktabni ham kollejni ham eng na'munali o'qivchilar qatorida yetakchi bo'lib yakunladi. Maktabda ham kollejda ham uning oshiqlari juda ham ko'p deyarli butun o'quvchi bolalar uning husni jamoliga oshiq edi. Hattoki uni deb bolalar bir biri bilan janjallashib yuz ko'zini ko'kartira, lekin oshkora Zeboga sevgi izhor qilishga birortasi yurak yutib botina olmasdi. Bunga Zeboning o'tkir nigohlari sabab edi. Uning ko'zlariga tik qarab gapirishga hechkimni hatto o'qituvchi muallimlarni ham yuragi dov bermasdi. Qandaydir sehrli kuch uning nigohlarida namoyon edi va o'ziga qaragan odamni aytmoqchi bo'lgan gapi ham yodidan ko'tarilib kalovlanib qolardi. Pinhona hatlarni ko'pligidan Zeba ularni hatto ochib o'qib ham ko'rmasdan uzoqlardan berkinib uni kuzatib turgan hatning muallifini ko'z o'ngida ularni yertib tashlardi. Uning orzulari shu qadar yuksak ediki bunaqa mayda chuyda narsalaga hayolini buzgisi ham kelmasdi. Kollejni tamomlab institutga hujjat topshirish uchun shaxarga dadsdi bilan yo'l olarkan Zilola opa o'z jigargo'shasini qo'yib yuborgisi kelmasdan ko'zlarida yosh oqardi. Onasini quchoqlab ovutgan Zebo dadasi bilan yo'lga chiqib hujjat ham topshirib qaytdi. Imtihondan ham ko'ngli to'lib hursand holda chiqdi. Nihoyat o'qish javoblari chiqadigan kun ertalabdan shaxarga shoshildi. U dadasidan moshinani tezroq haydashni iltimos qilar yo'lda nimadir bo'lib sekinlashsa asabi buzilib o'zini qo'yarga joy topa olmasdi. Nihoyat institut darvozasiga yaqinlashgach Zebo mashinadan tushib yugurib javoblar chiqgan ro'yhat tomon shoshdi. U o'z ismini ro'yhatning eng yuqorisida ko'rganda hursandchilikdan yonidagi qizni quchoqlab oldi. Uning bu harakatidan qo'rqib ketgan qiz unga qovog'ini uyib qarab qo'ydi. Zebo sekingina uzr deb qo'ydi uyatdan yuzlari qizarib ketgandi, mayli hechqisi yo'q tabriklayman Meni ismim Ozoda deb qiz unga qo'lini uzatdi, hayajonlangan Zebo unga qo'l cho'zganda qo'lidan sumkachasi tushib ketdi. Ular bir biriga qarab kulib qo'yishdi va tezda tanishib olishdi. Ozoda ham u bilan bir guruxga topshirgan va u ham o'z bilimi bilan byudjetga o'qishga kirgandi. Javoblarni bilgan Zebo Ozoda bilan hayrlashib ko'chada uni kutib turgan dadasi tomon oshiqdi Shavkat aka ham qizini hursandchiligiga sherik bo'ldi. Uyga yaxshi kayfiyatda qaytishib o'sha kunni bayramdek o'tqazishdi. Zilola opa dasturxon tuzadi Shavkat aka qarindosh urug'larini chaqirdi va ular bilan yarim tungacha bayram qilib anchagina mast bo'lib qoldi. Zebo tongacha mijja qoqmadi, u o'z orzulari ro'yobga chiqayotganidan hursand holda uxlolmay har hil shirin hayollar surib tong ottirdi. Endi tezroq o'qish boshlanishini orziqib kutar vaqt esa judayam sekin o'tardi. Nihoyat orziqib kutilgan sentyabr ham yetib keldi Shavkat aka bilan Zilola opa qizlarini kuzatarkan qandaydur xomush holatda yuraklari nimadandir g'ash edi. Zebo esa o'z orzularini ro'yobga chiqarish uchun shaxar tomon oshiqar ota onasi bilan qanday hayrlashganini ham hayoliga keltirolmasdi. Shaxarga kelib holasining uyiga joylashgach ertalabdan o'qishga otlandi, u hammadan voxtli kelgan hali institutda hechkim yo'q edi. Sekin asta kursdoshlari kelishdi birinchi kun hamma bir biri bilan tanishish bilan ovora Ozoda Zebo bilan eski dugonalardek o'pishib so'rashdi. Kunlar haftalar oylar o'ta boshladi Zebo bilan Ozoda institutda ham eng alochi qizlar nomini olishgan har hil tanlovlarda ularni ism familyasi ro'yxatni boshida turardi. Birinchi kusrni tamomlab tatilga vaqti yaqinlashgach hamma uy uyiga ketish oldidan kursdoshlari kafeda yig'ilib o'tiradigan bo'lishdi. Zebo oldingi yig'inlarga bormagan holasi ruxsat bermagan bu safar Ozoda ham qo'shilib zo'rg'a holasidan ruxsat olishib kafega borishdi. O'yin kulgu avjida hamma raqsga tushardi Zebo esa soatga qarab qo'yar kech qolgudek bo'lsa holasidan gap eshtishi aniq edi. Kursdoshlarini hali beri turmasligiga ko'zi yetgan Zebo sekin Ozodaga men ketmasam bo'lmaydi dedi. Ozoda unga sherik bo'ldi ular ketgach davradan fayz ketib boshqa qizlar ham ketamizga tushishdi. Ozoda taksida birinchi Zeboni uyiga tashlab u bilan hayrlashib keyin uyiga ketdi. Yozgi ta'til boshlanib Zebo qishlog'iga yo'l oldi. O'qish boshlangncha o'tadigan vaqt uni qiynardi, u qishloqda yashagisi kelmay qoldi tezroq kunlar o'tib o'qish boshlanishini hohlardi. Ota onasiga ham avvalgidek mehribon emasdi. Nihoyat yana sentyabr yaqinlashgach Shavkat aka qizini olib shaxarga yo'l oldi.
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Birinchi marta...
Yozdi: * ◄█▓▒░ ♦ XXXXXXXX♦ ░▒▓█► (3 Okt 2018, 05:51)
Ko'rilgan: 1579
Reyting: 0
*0 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yozish uchun a'zo bo'ling yoki saytga kiring!
Xabar yo'q!
Bosh sahifa
Saytda: 87 | Foydalanuvchilar: 6567